Telegram Group & Telegram Channel
Forwarded from GENERALISSIMUS
Har bir qo‘ng‘iroq kuzatuv ostida: qonunsiz tinglov uchun javobgarlik belgilanmas ekan, daxlsizlik faqat so‘zda qoladi!

Erkinlik ko‘zga emas, quloqqa bog‘liq

O‘zbekistonda shaxsiy hayot daxlsizligi Konstitutsiyada kafolatlangan.
Lekin real hayotda — bu huquq faqat matnda yashaydi, amalda esa istalgan fuqaroning telefoni sudsiz, javobsiz, va izsiz tinglanishi mumkin.
Konstitutsiya bor.
JPK bor.
Sud qarorisiz tinglash amaliyoti ham bor.
Javobgarlik-chi? — Yo‘q.

Bu — sukutdagi kuzatuv tizimi. Va u bugun ishonchni, ertaga esa jamiyat erkinligini yemirmoqda.

Qonunchilikdagi ziddiyat: “daxlsizlik” bor, ammo istisnosi ko‘p

Rasmiy kafolat:
• Konstitutsiya, 27-modda: Har kim shaxsiy hayot daxlsizligiga ega.

Aslida:
• JPK, 169-modda (5-qism) tergovchi yoki surishtiruvchiga telefonni sud qarorisiz tinglash huquqini beradi.
• Sabab — “kechiktirib bo‘lmaydigan holat”.

Bu formulirovka — yuridik noaniqlik orqali tizimli erkinlikni cheklash vositasi.

"Kechiktirib bo‘lmaydigan" degani nima? Kim aniqlaydi? Qachon chegaradan o‘tiladi? — Hech narsa aniqlanmagan.

Amaliy muammo: sudsizlik, jazoga javobsizlik
Qonunchilikdagi kamchilik:

• Sudsiz tinglash qonunga ko‘ra “dalil bo‘la olmasligi” mumkin.
• Ammo o‘sha noqonuniy tinglashning o‘zi uchun jazoga tortish mexanizmi yo‘q.

Bu nimani anglatadi?

Qonunni buzgan xodim hech qanday javobgarlikka tortilmaydi. Fuqaro esa bu jarayondan bexabar, o‘z huquqini himoya qila olmaydi.

Shubhalanyapsizmi? Sizni tinglashgan bo‘lishi mumkin. Isbotlay olasizmi? Yo‘q.

O‘zbekiston qonunchiligida fuqaro o‘z telefonining noqonuniy tinglangani haqida:
• xabar olish
• ekspertiza o‘tkazish
• javobgarni sudga berish huquqiga amalda ega emas.

Xalqaro standartlar nima deydi?

AQSh — Wiretap Act:
• Faqat sud orderi bilan tinglash.
• Tergov natijasida javobgarlik bo‘lmasa — fuqaro bu haqida xabardor qilinadi.

Germaniya:
• Parlament komissiyasi har bir tinglash amaliyotini tekshiradi.
• Har bir maxfiy tadbir — mustaqil auditda.

Rossiya:
• Jinoyat kodeksida telefonni noqonuniy tinglaganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik mavjud.

O‘zbekistonda esa: sudsiz tinglash bor, lekin javobgarlik yo‘q.

Bu normativ tus olgan bepisandlikdir.

Strategik xavf: jamiyatda erkin fikr emas, qo‘rquv shakllanadi

Telefon suhbati — bu faqat aloqa vositasi emas. Bu — fuqarolik ongining shaxsiy zonasi. U buzilsa, odam erkin fikrlamaydi. U o‘zini himoyasiz sezadi. U sukutni tanlaydi.

Natijada:
• Erkin matbuot emas, kuzatilayotgan jurnalistika rivojlanadi.
• Faol jamiyat emas, ehtiyotkor va indamay yashovchilar jamiyati shakllanadi.

Tizimli islohotlar uchun takliflar

1. JPKdan sudsizlik asosida tinglashni oqlovchi normani chiqarish.
2. “Kechiktirib bo‘lmaydigan holat” tushunchasini aniq va qat’iy mezonlar bilan belgilash.
3. Tinglashni boshlash uchun qonunda 3–5 ta aniq asosni belgilash.
4. Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritish:
“Sud ruxsatisiz yoki qonuniy asossiz telekommunikatsiya vositalarini tinglash” — 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi kerak.
5. Parlament qoshida Mustaqil tinglash nazorati komissiyasi tashkil qilish.
– Har yili Oliy Majlisda yarim yillik tinglashlar bo‘yicha hisobot eshitilishi kerak.
6. “Keyinchalik xabardor qilish” mexanizmini joriy etish.
– Fuqaro tinglangan bo‘lsa, tergov natijasida jinoyat ishi ochilmagan bo‘lsa — u bu haqda rasman xabardor qilinishi kerak.

Xulosa: sukunatni emas, daxlsizlikni himoya qiladigan qonun kerak. Agar biz “ochiq jamiyat” deya faxrlanmoqchi bo‘lsak, fuqarolarning telefon suhbati daxlsizligini real kafolatlashimiz shart.

Daxlsizlik — siyosiy ixtiyor bilan ta’minlanadi, huquqiy iroda bilan kafolatlanadi.

Erkinlik — kimdir bergan huquq emas, talab qilinganda kafolatlanadigan qadriyat.

Huquqshunos Javonsher Rustamov

@generalissimo_marshal

tg-me.com/cisco_server/3504
Create:
Last Update:

BY Cisco and Server

Share with your friend now:
tg-me.com/cisco_server/3504

View MORE
Open in Telegram

Cisco and Server Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

How Does Telegram Make Money?

Telegram is a free app and runs on donations. According to a blog on the telegram: We believe in fast and secure messaging that is also 100% free. Pavel Durov, who shares our vision, supplied Telegram with a generous donation, so we have quite enough money for the time being. If Telegram runs out, we will introduce non-essential paid options to support the infrastructure and finance developer salaries. But making profits will never be an end-goal for Telegram.

Start with a fresh view of investing strategy. The combination of risks and fads this quarter looks to be topping. That means the future is ready to move in.Likely, there will not be a wholesale shift. Company actions will aim to benefit from economic growth, inflationary pressures and a return of market-determined interest rates. In turn, all of that should drive the stock market and investment returns higher.

Cisco and Server from tr

Telegram Cisco and Server
FROM USA